“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi raisi o‘rinbosari – Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X.Shermatov Davlat Rahbarining ushbu qarori ijrosini taʼminlash holati, mavjud muammolarni muhokama qilish hamda ustuvor vazifalarni belgilab olish zarurligini, bugungi kunda Prezident tomonidan raqamlashtirish masalasiiga katta eʼtibor qaratilayotgani, o‘tgan yilning o‘zida mazkur masala yuzasidan 4 marotaba yig‘ilish o‘tkazilgani, raqamli texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirishga doir Farmon (PF–76) va qaror (PQ–162) imzolangani, mazkur hujjatlarga asosan vazirlik va idoralar oldiga bir qator muhim vazifalar belgilab berilgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
Jumladan, B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega bo‘lgan AKT sohasida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlari 100 foiz qismini qoplab berilishi, ushbu xalqaro sertifikatga ega davlat xizmatchilariga lavozim maoshiga 20 foiz miqdorda ustama to‘lanishi davlat boshqaruvida raqamlashtirish loyihalari samaradorligini oshirish maqsadida raqamlashtirishga masʼul o‘rinbosarlar va xodimlarni amaldagi qoidalar va qonunchilik talablari bo‘yicha “hayot davomida taʼlim olish” tamoyili asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi maʼlum qilindi.
Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali aholi (G2C) va tadbirkorlarga (G2B) raqamli xizmatlar va servislar ko‘rsatish hamda ularning natijasini olishning yagona nuqtasi deb belgilanligi, davlat boshqaruvida (G2G) qog‘ozsiz ish yuritishga o‘tishni “edo.ijro.uz” moduli joriy etish orqali bosqima-bosqich ijro etuvchi hokimiyatning markaziy apparatlari hamda ijro etuvchi hokimiyatning hududiy bo‘linmalari va ular tasarrufidagi tashkilotlar to‘liq o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgani alohida qayd etildi.
Davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan davlat xizmatlari reyestridagi 773 ta davlat xizmatidan 341 tasi elektron shaklda еkanligi va qolganlarini ham electron shaklga muddatlarida o‘tkazilishi muhokama qilindi.
Ushbu qaror bilan belgilab berilgan loyihalarni kechikish bilan bajarilayotgan holatlari ham mavjudligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, amaliyotda raqamlashtirish bo‘yicha loyihalarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasligi natijasida “hujjatdan-hujjatga uloqtirish”ga ham urinishlar ham kuztilayotgani taʼkidlandi.
Yuqoridagi kabi holatlarning oldi olinmas ekan aholining og‘irini yengil qilish, aholi va davlat organlarining xarajatlarini va vaqtini tejash, oson va qulay bo‘lgan elektron xizmatlarni joriy qilish kabi maqsadlarimizga erishish qiyinligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Raqamlashtirish loyihalarini samarali amalga oshirish hamda masʼul vazirliklar bilan hamkorlikda ishlash va ularga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish uchun “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan “loyiha ofislari” faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgani aytildi.
Davlat organlarida faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, muammolarning aksariyati tashkilotda raqamlashtirish bo‘yicha malakali rahbar va kadrlarning yetishmasligi bilan uzviy bog‘liqligi, tanqid ostiga olindi.
Bundan tashqari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholashning yangi tartibi, aholiga va tadbirkorlarga elektron davlat xizmatlarini uzluksiz taqdim etish, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining mavjud maʼlumotlar bazalarini to‘liqligi va dolzarbligi, 2022-2023 yillarda raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar, Sog‘liqni saqlash va Suv xo‘jaligi vazirliklari raqamlashtirish yo‘nalishida loyiha ofislari faoliyatini tashkil etish, raqamlashtirish yo‘nalishida xodimlarning malakasini oshirish hamda raqamlashtirishga masʼul rahbar o‘rinbosarlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.