“O‘zTTBRM” DUK“ AI Alliance”ning rasmiy a’zosi bo‘ldi

Mazkur a’zolik “O‘zTTBRM” DUKga Alyansning xalqaro tashabbuslari, dasturlari va loyihalarida ishtirok etish, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, joriy etishga hissa qo‘shish imkonini beradi

Alyans uchun hamkorlik quyidagi muhim imkoniyatlarni beradi:
 

- "O‘zTTBRM" DUKning real vaqt monitoringi va avtomatlashtirilgan tizimlari sun'iy intellekt algoritmlari bilan integratsiya qilinishi natijasida tarmoq samaradorligini oshirish imkoniyati  ishlab chiqish;
- sun'iy intellektning korxona faoliyatiga integratsiyalashishi, xizmat sifatini sezilarli darajada yaxshilashi hamda ushbu sohadagi ilg'or AI startaplar bilan samarali hamkorlik o'rnatishni amalga oshirish;



Ushbu muhim qadam "O‘zTTBRM" DUKning innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar va global standartlarga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi hamda sun’iy intellekt sohasida yangi imkoniyatlar uchun mustahkam asos yaratadi.

Agar siz ham “AI Alliance” a’zoligiga qo‘shilish va sun’iy intellekt sohasida hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanishni istasangiz, https://www.ai-alliance.uz/ rasmiy sayti orqali yoki +998933853609 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz, shuningdek, https://t.me/ai_alliance_uz telegram kanali orqali yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin.

Yaratilgan vaqt: 27.01.2026
Ko‘rishlar soni: 6