Tashrif doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qarshi shahrida joylashgan ikkita korxona – “SSMART” zavodi hamda “Avangard Call Solution” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
“SSMART” zavodida zamonaviy texnologiyalar asosida maishiy texnika va elektron mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarning bir qismi ichki bozorga, bir qismi eksportga yo‘naltirilgan. Zavodda 240 nafardan ortiq ish o‘rni yaratilgan.
“Avangard Call Solution” MCHJ xorijga masofadan IT-call xizmatlari ko‘rsatib, 30 nafardan ortiq yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlamoqda. Tashrif davomida korxonaning ish jarayonlari, infratuzilmasi va masofaviy xizmat tizimi ko‘zdan kechirildi.
Vazirlar korxonalarning yoshlar bandligidagi roli va hudud iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholadi hamda bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar.
Tashrif yakunida IT-outsourcingni rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlariga AT yechimlarini keng joriy etish, shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
24.01.2026
Ko‘rishlar soni: 6