Unicon-soft kompaniyasi Sun’iy intellekt Alyansi ishtirokchisiga aylandi

Unicon-soft kompaniyasi hamda Sun’iy intellekt Alyansi o‘rtasida raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar:

Xakatonlar va innovatsion tanlovlar — yosh mutaxassislar va startaplar uchun ochiq platformalar yaratish, iqtidorlarni aniqlash va ularning g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish;

R&D (Research & Development) yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalar — sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlarni real sektor ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish;

Amaliy ishlanmalarni joriy etish — davlat va xususiy sektor uchun AI yechimlarini ishlab chiqish, pilot loyihalarni ishga tushirish hamda raqamli xizmatlar sifatini oshirish;

Kadrlar salohiyatini rivojlantirish — treninglar, seminarlar va texnik workshoplar orqali mutaxassislar tayyorlash.

Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda sun’iy intellekt ekotizimini mustahkamlash, texnologik eksportni oshirish va raqamli iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shishga xizmat qiladi.

Agar siz ham “AI Alliance” a’zoligiga qo‘shilish va sun’iy intellekt sohasida hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanishni istasangiz https://www.ai-alliance.uz/ rasmiy sayti orqali yoki +998933853609 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Yaratilgan vaqt: 20.01.2026
Ko‘rishlar soni: 4