“UNICON.UZ - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” MChJ hamda Sun’iy intellekt Alyansi o‘rtasida samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida Hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Uchrashuv davomida 2026-yilda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Qo‘shma faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:
– sun’iy intellekt sohasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishlariga oid tashabbuslarni ishlab chiqish;
– qo‘shma tadqiqotlar, loyihalar va amaliy ishlanmalarni amalga oshirish;
– sun’iy intellekt laboratoriyalari va markazlarini tashkil etishga ko‘maklashish;
– milliy va strategik tashabbuslar doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
“AI Alliance” – O‘zbekistonda sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirish, shuningdek, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasida davlat, fan, biznes va jamiyat o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotdir.
Agar siz ham “AI Alliance” a’zoligiga qo‘shilish va sun’iy intellekt sohasida hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanishni istasangiz, batafsil ma’lumot olish uchun +998933853609 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.
16.01.2026
Ko‘rishlar soni: 5