Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish” mavzusida targʻibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan respublikada o‘tkazilayotgan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati, shuningdek, vazirlik tizimidagi korxona, tashkilot, muassasalarning rahbar-xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda “Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning tizimidagi tashkilot va muassasalarining 2024 yildagi faoliyati sarhisob qilindi.

Kelgusida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, korrupsiyaviy harakatlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarning oldini olish hamda ularni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Vazirlik rahbariyati tomonidan korrupsion xavf-xatarlarni kamaytirish, turli talon-torojliklar bilan bog‘liq salbiy holatlar, davlat xaridlari jarayonida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, o‘z faoliyatlarida zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini joriy etish kabi masalalar, biznes jarayonlarni raqamlashtirish, korrupsiyaga qarshi intizomni mustahkamlash, me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning natijalari tahlillarda ko‘rsatildi.

Ishtirokchilarga manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va affillangan shaxslarni aniqlash usullari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Taqdimot davomida tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berildi.

Kelgusida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni korrupsiyaga murosasizlik prinsipi asosida yanada jonlantirish yo‘nalishlari belgilab olindi.

Yaratilgan vaqt: 14.12.2024
Ko‘rishlar soni: 33