O‘zbek tili – millatimizning bebaho boyligi, o‘zligimizni ifoda etuvchi qudratli vosita. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida tilimizning keng ko‘lamda qo‘llanilishi biz uchun katta sharaf va mas’uliyatdir.
Zamonaviy texnologiyalar dunyosiga o‘zbek tilini integratsiya qilish, texnik va ilmiy terminologiyani rivojlantirish orqali biz tilimizni global miqyosda keng yoyilishiga xizmat qilishimiz har tomonlama muhimdir.
Barchamiz tilimizning rivojlanishi va dunyoda o‘z o‘rnini mustahkamlashiga hissa qo‘shishimiz lozim. Raqamli davrda ham tilimizni asrab-avaylash, uning imkoniyatlarini kengaytirish – barchamizning muqaddas burchimizdir.
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga mustahkam salomatlik, oilangizga qut-baraka, tinchlik va omonlik tilaymiz.