2-iyul – “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun

Qonunga muvofiq, Davlat gerbi OʻzbekistonRespublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. 
O‘zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart. 
Gerb so‘zi polyakcha “herb”, nemischa “Erbe” – “meros” so‘zidan olingan bo‘lib, biror mamlakat yokihududiing siyosiy va tarixiy xarakterdagi g‘oyalari majmuasini, o‘ziga xos tabiiy va xo‘jalik xususiyatlari, tabaqaviy tafovutlarini, shaxs, urug‘ va boshqalarningshajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgihisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi qonun bilantasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari – bayrog‘i, gerbi, va madhiyasiga ega”ligi belgilab qo‘yilgan.
Davlat gerbiagi purviqor tog‘lar, daryolar va chap tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esachanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosho‘zining zarrin nurlarini ayamasdan taratmoqda.
Gerbimizning yuqori qismidagi sakkkizburchak, uning ichki qismida yarim oy va yulduz Ona Vatanimizhurligini, ozodligi va erkinligini ifodalaydi. Markazdaesa baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozganHumo qushi qanot qoqayotgan bo‘lsa, pastki qismidaO‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifodaetuvchi chambar lentasining bantida “O‘zbekiston”, deb yozib qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekistonRespublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi talablariga ko‘ra, O‘zbekiston RespublikasiDavlat gerbining tasviri doimiy ravishda O‘zbekistonRespublikasi Prezidenti qarorgohlari, Oliy Majlisipalatalari, Vazirlar Mahkamasi, respublika davlatboshqaruvi organlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliygvardiya, Markaziy bank, Hisob palatasi, Markaziysaylov komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, mahalliydavlat hokimiyati organlari, sudlar, prokuraturaorganlari, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari binolarining old tomoniga joylashtiriladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunning 51-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, O‘zbekistonRespublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emasligi, Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbiga o‘xshash bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.
Ushbu qonunning 8-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlarishart. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 215-moddasida davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish asosan, O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgachamajburiy jamoat ishlari yoxud 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkinligi alohida qayd etilgan.
Hurmatli yurtdoshlari!
Raqamli texnologiyalar vazirligi Sizlarni yana bir marta ushbu sana bilan muborakbod etadi!
Zero, gerbmiz – faxrimizdir!

Yaratilgan vaqt: 02.07.2024
Ko‘rishlar soni: 367