Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov SAS kompaniyasining Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limining katta direktori Hamid Haktan Ishchi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dastlab, Hamid Haktan Ishchi O‘zbekiston iqtisodiyotining jadal rivojlanishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi, ayniqsa, IT-sanoati jadal rivojlanayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, u IT tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, yoshlarni ma’lumotlar tahlili bo‘yicha o‘rgatish va sertifikatlar berish borasidagi ishlar haqida gapirdi. Bunday tashabbuslar O‘zbekistonda ham foydali bo‘lishi mumkinligiga ishonch bildirdi.

Shu bilan birga, SAS vakili bilan sun’iy intellektni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish sohasida hamkorlikda ish olib borish imkoniyatlari va O‘zbekistonda SASning mintaqaviy vakolatxonasini ochish istiqbollari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: SAS AQSH xususiy kompaniyasi bo‘lib, statistik tahlil dasturlari va Business Intelligence sinf tizimlarini ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Bosh qarorgohi AQShning Keri shahrida joylashgan. U dasturiy ta'minot va xizmatlari bo‘yicha yetakchi eng yirik mustaqil provayderdan biri hisoblanadi. Bugungi kunda kompaniya 70 mingdan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. SAS 14 yo‘nalishda faoliyat olib bormoqda.

Yaratilgan vaqt: 05.06.2023
Ko‘rishlar soni: 293